Karikaturada tanqidning axloqiy chegaralari (“Mushtum” jurnali misolida)

Gulshoda Xusniddinova. Maqolada karikaturadagi tanqidning axloqiy chegaralari “Mushtum” jurnalining hajviy yo‘nalishi misolida nazariy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi karikaturaning ijtimoiy ahamiyatini yoritish, tanqid va kamsitish o‘rtasidagi farqni tushuntirish hamda mas’uliyatli karikaturani baholash mezonlarini taklif etishdan iborat. Manbalarni qiyoslash, tahlil qilish va axloqiy baholash usullaridan foydalanildi. Jurnalning tarixiy faoliyatiga oid ochiq ma’lumotlar jurnalistika etikasi tamoyillari asosida ko‘rib chiqildi. Natijada beshta mezon taklif etildi: tanqidning jamiyat uchun ahamiyati, dalillarga tayanishi, inson qadr-qimmatiga hurmat, badiiy vositalarning muammoga mosligi hamda tasvirning nashr va tarqalish sharoiti. “Mushtum”ning tanqidiy an’anasi ijobiy baholanib, uni rivojlantirishda stereotiplardan saqlanish, shaxsiy hayot daxlsizligiga hurmat bilan yondashish va tahririy mas’uliyatni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Yuqoriga o'tish
Özbekiston matbuoti | Ilmiy naşr