YAXSHI KAYFIYAT

Osh

– Nega osh haqidagi maqolangiz shunchalik ko‘p o‘qildi?
– O‘zbekcha oshning sirini ochib beraman deb yozgandim.
– “Va siz bu sirni ochib berdingiz!?”
– Albatta! Maqolaning oxirida ochiqchasiga yozdim: “Osh tayyorlash siri faqat meros qilib beriladi” - deb.

Kontend

– Blogerdan u nima uchun har bir nonushtasini surʼatga olishini so‘rashganda u “Bu ovqat yemas, bu kontentku!!!” – deyarmish.

Sensatsiya

– Nega jurnalistlar doimo voqealar markazida bo‘lishadi?
– Chunki ular “sensatsiya” qayerda yashiringanini bilishadi!

Maqola

Jurnalist hamkasbidan so‘rabdi:
— Qoyil qanday qilib bunday ajoyib maqolani yozdingiz?
— Men shunchaki sunʼiy intellektdan so‘radim: “maqolani chiroyli qilib yozib bering, lekin juda aqlli qilib emas” – deb.

Zulmat

– Nega jurnalistlar zulmatdan qo‘rqmaydilar?
– Chunki ular har doim vaziyatni yoritishga tayyor!

Ilhom

– Blogerlar ilhom bo‘lmaganda nima qilishadi?
– Ular shunchaki post yozish qanchalik qiyinligi haqida post yozishadi!

* Rasmlar neyrotarmoqlar yordamida tayyorlangan.

Yuqoriga o'tish
O'zbekiston matbuoti | Ilmiy nashr