Shaxnoza Aliyeva. Maqolada sensor va hissiy brendingning nazariy konsepsiyalari, umumiy taomlanish va HoReCa sohasida raqobatbardoshlik, brend taniqliligini oshirish hamda auditoriya loyalligi (sodiqligini) shakllantirishda hissiy va sensor brending ahamiyati tadqiq etiladi. Milliy “Safia” brendi misolida 5D brending konsepsiyasi, “uchinchi manzil” konsepsiyalarining samaradorligi o‘rganilib, qandolat uyi tarmog‘ining multisensor profili tahlilga tortiladi.

