Sultonposhsho Sotiboldiyeva. Mazkur maqolada televideniye va raqamli algoritmlarning o‘zaro ta’siri asosida davlat imijini shakllantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda televideniye an’anaviy kommunikatsion institut sifatida, raqamli platformalar esa algoritmik boshqaruv tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, agenda-setting, framing va storytelling kabi media-nazariy yondashuvlarning davlat brendini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda davlat imijini shakllantirish jarayoni gibrid media tizim asosida amalga oshayotganini ko‘rsatadi.
