Sherzod Isakulov. Ushbu maqolada Sharq adabiyotida maktubot, epistolyar janr taraqqiyoti o‘zbek va ozar ijodkorlari tomonidan bitilgan xatlar, adabiy maktublar misolida tahlilga tortilgan. Akademik shoir G‘afur G‘ulomning Ozarbayjon ijodkorlariga yozgan va ularning muallifga yo‘llagan xatlari, she’riy-adabiy maktublari tadqiqot obyekti sifatida tanlandi.
